Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Brendan Rojers Ronaldu bilan bog‘liq ta’sirli xotirasini aytib berdi

Brendan Rojers Ronaldu bilan bog‘liq ta’sirli xotirasini aytib berdi

Baho:
+2 | -

"Al-Qodisiya" bosh murabbiyi Brendan Rojers Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq ko‘ngilni yumshatuvchi xotirasini so‘zlab berdi.

"Bizning aloqalarimiz juda uzoq tarixga ega. Men "Chelsi"da yosh murabbiy bo‘lib ishlab yurgan kezlarimda onam "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinga kelgandi. Men "Chelsi"da ishlashimga qaramay, Ronaldu uning eng sevimli futbolchisi edi va u Krishtianu bilan tanishishni juda istardi.

O‘yindan so‘ng Krishtianu bilan gaplashdim va onam bilan salomlashib qo‘ya olishini so‘radim — u rozi bo‘ldi. Onam 2010 yilda vafot etgan. O‘shanda uning onam bilan tanishgani ham men uchun, ham onam uchun dunyolarga arzigulik voqea bo‘lgandi. U onamga vaqt ajratdi, birga suratga tushdi, shirin so‘zlar aytdi — bu xotira men bilan bir umrga qoldi. Aynan o‘sha lahzadan boshlab oramizda o‘zaro hurmat paydo bo‘lgan.

U faoliyati davomida aql bovar qilmas yutuqlarga erishdi va ehtimol, ko‘plab insonlarning Yevropa va butun dunyodan bu yerga kelishiga aynan u sababchi bo‘lgandir. Lekin men o‘sha lahzani hech qachon unutmayman, chunki bu onam va men uchun juda qadrli edi. Onam "Manchester Yunayted" muxlisi emasdi, u shunchaki futbolni sevardi va haqiqiy buyuk o‘yinchi kimligini tushunardi", — dedi Rojers.

Kiritildi: 10:51, 10.05.2026.
O'qildi: 1318 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик