"Fenerbaxche" darvozaboni Ederson Turkiya klubidagi holatidan mamnun emas va shu yozda jamoani tark etmoqchi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.
"Manchester Siti"ning sobiq posboni o‘tgan yilning yozida Istanbul jamoasi safiga kelib qo‘shilgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Xabar qilinishicha, 32 yoshli braziliyalik futbolchi o‘z kelajagi borasidagi yakuniy qarorni Jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng qabul qiladi.
Qayd etilishicha, darvozabonning "Fenerbaxche"dagi yuqori maoshi (mavsum uchun 12 million yevro) yangi klub topishda jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin. Joriy mavsumda Ederson Turkiya klubi safida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, ularning 13 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.













