Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Kurtua noyob dizayndagi soatini namoyish etdi (video)

Kurtua noyob dizayndagi soatini namoyish etdi (video)

Baho:
+ | -

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua Komo shahrida o‘tkazilgan Gran-pri bahslariga tashrif buyurdi. Ushbu musobaqa elektr qayiqlar poygasi bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi bosqichi hisoblanadi.

Tashrif davomida belgiyalik posbonning qo‘lidagi qimmatbaho aksessuar ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. «Insaneluxury» akkaunti bergan ma’lumotga ko‘ra, futbolchi qiymati 27 600 AQSH dollariga teng bo‘lgan «Hublot Spirit of Big Bang Titanium Blue Ceramic» soatini taqib yurgan. Mazkur model satinlangan titan va ko‘k keramikadan ishlangan bo‘lib, o‘ziga xos texnik dizayni bilan ajralib turadi.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli posbonning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:51, 10.05.2026.
O'qildi: 896 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик