Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 0-1 Arsenal

«PSJ» jarohatlangan futbolchilari borasida ma’lumot berdi

«PSJ» jarohatlangan futbolchilari borasida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

Fransiyaning «PSJ» klubi himoyachisi Ashraf Hakimiy 30 may kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finaliga qadar safga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabris Xokins xabar bermoqda.

Parijliklarning «Arsenal»ga qarshi kechadigan hal qiluvchi bahsida darvozabon Lyuka Shevalyening ishtiroki borasida ham ijobiy prognozlar berilmoqda. Son jarohati tufayli safdan chiqqan posbonning tiklanish jarayoni rejadagidek ketmoqda.

Shuningdek, jamoaning boshqa a’zolari — Vilyan Pacho, Nunu Mendesh va Uorren Zair-Emerining sog‘lig‘i borasida xavotirga o‘rin yo‘qligi aytilmoqda. Ulardagi kichik jarohatlar final o‘yinida ishtirok etishga to‘sqinlik qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Ashraf Hakimiy sonidagi muammolar sababli «Bavariya»ga qarshi kechgan yarim finalning javob uchrashuvini (1:1) o‘tkazib yuborgan edi.

Kiritildi: 13:28, 10.05.2026.
O'qildi: 546 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик