Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Spalletti Dushan Vlaxovichning jamoadagi roliga yuqori baho berdi

Spalletti Dushan Vlaxovichning jamoadagi roliga yuqori baho berdi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoa markaziy hujumchisi Dushan Vlaxovichning o‘yini va uning tarkibdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi. Serbiyalik forvard jarohati sababli 2025 yilning noyabridan buyon ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan edi.

A Seriyaning 36-turidan o‘rin olgan «Lechche»ga qarshi bahsda Vlaxovich tomonidan kiritilgan yagona gol turinliklarga g‘alaba keltirdi.

«U bizga xuddi nonday zarur edi. Dushan noyob jismoniy ko‘rsatkichlarga ega. Yakkakurashlarda ustunlik qiladigan, to‘p uchun kurashadigan va gol uradigan bunday kuchli hujumchisiz futbol o‘ynash imkonsiz», — dedi murabbiy.

Ma’lumot uchun, Vlaxovich joriy mavsumda «Yuventus» libosida barcha turnirlarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 16:33, 10.05.2026.
O'qildi: 498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик