Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Peti «Real»ning asosiy muammosi nima ekanligini aytdi

Peti «Real»ning asosiy muammosi nima ekanligini aytdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasining sobiq a’zosi Emmanuel Peti Madridning «Real» klubidagi ichki muhit haqida keskin fikr bildirdi. Uning fikricha, futbolchilarning o‘ziga bino qo‘yishi va tartibsiz xulq-atvori murabbiylar shtabi ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

«O‘yinchilarning «ego»si klubning eng katta muammosiga aylanmoqda. Ular boshqarib bo‘lmas darajaga yetib qoldi. Oxirgi ikki murabbiy bu bosimni yengishga rosa harakat qildi, chunki yulduzlar o‘zini murabbiydan ustun qo‘ya boshlagan, bu esa nizolarga sabab bo‘ladi», — deya Petining so‘zlarini keltiradi BOYLE Sports.

So‘nggi vaqtlarda Ispaniya matbuotida «qirollik klubi» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa va ayrim futbolchilar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgani haqida xabarlar ko‘paydi. Biroq mutaxassisning o‘zi bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «El-Klasiko» oldidan «Real» La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Barselona»dan 11 ochkoga ortda qolgan.

Kiritildi: 16:54, 10.05.2026.
O'qildi: 1300 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик