Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Lautaro "Inter" kiyinish xonasidagi eng kamtar yulduz kimligini aytdi

Lautaro "Inter" kiyinish xonasidagi eng kamtar yulduz kimligini aytdi

Baho:
+ | -

"Inter" hujumchisi Lautaro Martines jamoadoshi, yarim himoyachi Genrix Mxitaryan haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Mxitaryan — barchamiz uchun haqiqiy o‘rnak. Otam bilan gaplashganimda, u doim kiyinish xonasidagi muhit haqida so‘raydi. Men esa har safar Genrixning qanday ishlashini alohida qayd etaman. Unda buyuk faoliyatni bosib o‘tgan insonlarga xos bo‘lgan kamtarlik bor. Biz undan har kuni nimanidir o‘rganamiz. Kelajagi borasida qanday qarorga kelmasin, bu uning o‘zi va oilasi uchun eng yaxshisi bo‘lishiga umid qilaman. U bizga juda ko‘p narsa berdi", — deya Lautaroning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda DAZN.

Ma’lumot uchun, Genrix Mxitaryan 2022 yilda "Roma"dan erkin agent sifatida "Inter" safiga kelib qo‘shilgan edi. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda 37 yoshli yarim himoyachi "neradzurrilar" tarkibida barcha turnirlarda jami 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarda u 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 21:37, 10.05.2026.
O'qildi: 765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик