Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Mbappe haligacha «Real» bilan birorta katta sovrin yutmadi

Mbappe haligacha «Real» bilan birorta katta sovrin yutmadi

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe «qirollik klubi»dagi ikki mavsumi davomida na La Ligada, na Chempionlar Ligasida, na Ispaniya Kubogi yoki Superkubogida zafar qucha oldi.

Hujumchi jarohati sababli «Barselona»ga qarshi kechgan bahs (0:2) qaydnomasiga kiritilmadi. Kataloniyaliklar aynan ushbu g‘alabadan so‘ng chempionlikni rasmiylashtirishdi.

Joriy mavsumda «Real» Chempionlar Ligasining 1/4 finalida «Bavariya»ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.

Ispaniya Kubogining 1/8 finalida «qaymoqranglilar» «Albasete»ga (2:3), Ispaniya Superkubogida esa «Barselona»ga (2:3) mag‘lub bo‘lishdi.

O‘tgan mavsumda Mbappe «Real» tarkibida UYEFA Superkubogi va Qit’alararo kubokda g‘olib chiqqan edi.

Kiritildi: 02:38, 11.05.2026.
O'qildi: 967 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик