Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liganing 35-turi doirasida “Barselona”ga qarshi o‘yindan so‘ng jamoa hujumchisi Kilian Mbappening sog‘lig‘i haqida izoh berdi. Ushbu uchrashuvda Kataloniya klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
— Mbappe mavsum oxirigacha o‘ynay oladimi?
— Aniq javob yo‘q. Mavsum oxirigacha ikki hafta qoldi va hammasi unda noqulaylik paydo bo‘ladimi-yo‘qmi — shunga bog‘liq bo‘ladi. Agar og‘riq sezilsa, u maydonga tusha oladimi-yo‘qmi, shunda aniq bo‘ladi.
— Siz Mbappening maydonga qaytishini xohlarmidingiz?
— Men uning to‘liq tayyor bo‘lishini va o‘yinni ilk daqiqalardan boshlay olishini xohlayman. Mening istagim ham shu, — deya Arbeloaning so‘zlarini “Real” rasmiy sayti keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe “Barselona”ga qarshi La Liganing 35-tur uchrashuvini boldir orqasi mushaklaridagi noqulaylik sabab o‘tkazib yuborgani ma’lum bo‘lgan edi.













