Kirish Ro'yxatdan o'tish

Allegri «Milan»ning muammolari haqida gapirdi

Allegri «Milan»ning muammolari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Milan» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Atalanta»ga qarshi o‘yindagi (2:3) muvaffaqiyatsizlikka izoh berdi. «Rossonerilar» Chempionlar Ligasi yo‘llanmasisiz qolish xavfi ostida turibdi: hozirda milanliklar 36-turdan so‘ng 67 ochko jamg‘argan holda «Roma» bilan to‘rtinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

«O‘yin ancha yaxshi boshlangandi, lekin «Atalanta» birinchi vaziyatni golga aylantirgach, hamma narsa izdan chiqib ketdi. Omadsiz natijalar uchun mas’uliyat mening bo‘ynimda. Futbolchilar bor kuchlarini berishmoqda, hozir aybdor qidiradigan vaqt emas. Men Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi hali naqd qilinmaganini bir necha bor aytgandim, garchi ko‘pchilik buning aksini ta’kidlagan bo‘lsa-da. Bungacha bizda pasayish kuzatilmagandi, shuning uchun ertami-kechmi bu sodir bo‘lishini bilardim. Endi bor e’tiborni qolgan ikkita o‘yinga qaratishimiz kerak», — dedi Allegri DAZN nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 10:49, 11.05.2026.
O'qildi: 515 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик