Kirish Ro'yxatdan o'tish

Joze Mourinyo yana «Real»ga qaytadimi? Fabrisio Romano muzokaralar boshlanganini tasdiqladi

Joze Mourinyo yana «Real»ga qaytadimi? Fabrisio Romano muzokaralar boshlanganini tasdiqladi

Baho:
+ | -

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Real» bosh murabbiyligida Alvaro Arbeloani almashtirishi mumkin.

Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ta’kidlashicha, ommaviy ravishda inkor etilayotganiga qaramay, Mourinyoning o‘zi va uning atrofidagilar bir necha haftadan beri «Real» bilan muzokaralar olib bormoqda. Manbaga ko‘ra, hammasi «qaymqranglilar» prezidenti Florentino Peresning qaroriga bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Real» safarda «Barselona»ga imkoniyatni boy berib, chempionlik unvonidan uzil-kesil mahrum bo‘lgan edi. Shuni aytish joizki, «ko‘k-anorranglilar» o‘z tarixida ilk bor «El-Klasiko»da chempionlikni rasmiylashtirishdi. Chempionat yakuniga uch tur qolganda «Real» jadvalda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va «Barselona»dan 14 ochkoga ortda qolmoqda.

Kiritildi: 17:15, 11.05.2026.
O'qildi: 1104 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик