Hujumchi Neymar Braziliya terma jamoasining Jahon chempionati uchun kengaytirilgan tarkibidan joy oldi. Ushbu ro‘yxatga jami 55 nafar futbolchi kiritilgan.
34 yoshli «Santos» forvardining kengaytirilgan tarkibga kiritilgani haqida nufuzli insayder Fabrisio Romano xabar berdi. Uning ta’kidlashicha, Neymarning qaydnomada borligi «tasdiqlangan», garchi Braziliya terma jamoasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida hozircha bu haqda ma’lumot berilmagan bo‘lsa-da.
Biroq Neymarning ushbu ro‘yxatdan joy olishi uning mundialda ishtirok etishiga to‘liq kafolat bermaydi. Karlo Anchelotti Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibni keyinroq tanlab oladi.













