"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik jamoa hujumchilari Markus Reshford va Robert Levandovskining klubdagi kelajagi borasida to‘xtaldi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, har qanday yakuniy qaror mavsum tugaganidan keyin qabul qilinadi.
"Men avval ham aytganman — mavsum oxirida hamma narsani tahlil qilamiz, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz.
Men uchun bu juda qadrli. Nazarimda, uning (Levandovskining) mavsumi ajoyib o‘tdi, statistikasi ham yaxshi. Men buning uchun juda minnatdorman va buni yuqori baholayman.
Robert Levandovski bilan birga ishlagan barcha klublarimda barcha sovrinlarni yutganman, shuning uchun men bu ajoyib futbolchining murabbiyi bo‘lganimdan faxrlanaman. Lekin biz baribir tahlil o‘tkazamiz va kelasi mavsum nima bo‘lishini shundan keyin ko‘ramiz", — dedi Flik.













