Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabregas Mourinyoning «Real»ga tayinlanishi mumkinligi haqida gapirdi

Fabregas Mourinyoning «Real»ga tayinlanishi mumkinligi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas «Benfika» ustozi Joze Mourinyoning «Real Madrid» boshqaruviga qaytishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Bu meni hayron qoldirmaydi, Mourinyo — buyuk murabbiy. Bir necha oy oldin u bilan Londonda ko‘rishib qolgandik va bundan juda xursand bo‘lgandim. U juda kuchli tayyorgarlikka ega mutaxassis va buni qayerda ishlamasin, hatto hozir «Benfika»da ham isbotlab kelmoqda. Men uchun u doim murabbiylik lavozimiga eng loyiq nomzodlardan biri bo‘lib qoladi», — dedi Fabregas El Partidazo de COPE nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Sesk Fabregas futbolchilik faoliyati davomida «Chelsi»da aynan Mourinyo qo‘l ostida to‘p surgan. Portugaliyalik mutaxassis 2014 yilda ispaniyalik yarim himoyachini «Barselona»dan London klubiga taklif qilgan edi.

Kiritildi: 19:13, 12.05.2026.
O'qildi: 728 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик