Iroq terma jamoasi futbolchilari 2026 yilgi jahon chempionati oldidan muammoga duch keldi.
Iroq OAV ma’lumotiga ko‘ra, AQSH milliy terma jamoaning besh nafar futbolchisiga viza berishni rad etgan. Ta’kidlanishicha, bu muammo Osiyo va Afrikaning ayrim davlatlari futbolchilariga ham ta’sir qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Iroq terma jamoasi guruh bosqichidagi ikki uchrashuvni AQSHda, yana bir o‘yinni esa Kanadada o‘tkazadi. Iroqning "I" guruhidagi raqiblari Fransiya, Senegal va Norvegiya terma jamoalari bo‘ladi.













