Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Pep Gvardiola: «Murabbiylarni tinch qo‘ying, liga bu ishlarga aralashmagani ma’qul»

Pep Gvardiola: «Murabbiylarni tinch qo‘ying, liga bu ishlarga aralashmagani ma’qul»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsum yakunida turnir motivasiyasini yo‘qotgan raqiblarga qarshi o‘yinlar haqidagi savolga javob berdi. Bugun «shaharliklar» o‘z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qiladi.

Oliver Glasner shogirdlari APLda hech qanday turnir vazifasini bajarmayapti — jamoa bor e’tiborini ikki haftadan so‘ng «Rayo Valyekano»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Konferensiyalar ligasi finaliga qaratgan. Shu sababli jurnalistlar Gvardioladan «liga so‘nggi turlarda asosiy tarkibni tushirmayotgan jamoalarga qarshi chora ko‘rishi kerakmi?» deb so‘rashdi.

«Murabbiylar nimani to‘g‘ri deb hisoblasa, shuni qilishsin. Liga bu ishlarga qanchalik kam aralashsa, hammamiz uchun shunchalik yaxshi bo‘ladi. Glasner va boshqa murabbiylarni tinch qo‘ying. Bu yerda hech qanday muammo yo‘q», — deya iqtibos keltiradi City Report ispaniyalik mutaxassisning so‘zlaridan.

Ma’lumot uchun, agar «Manchester Siti» bugun «Kristal Pelas»ni mag‘lub etsa, peshqadam «Arsenal» bilan o‘rtadagi farqni ikki ochkogacha qisqartiradi.

Kiritildi: 11:10, 13.05.2026.
O'qildi: 237 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик