Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Arbeloa: «Albatta, «Real»dan chempionliklarni o‘g‘irlashgan»

Arbeloa: «Albatta, «Real»dan chempionliklarni o‘g‘irlashgan»

Baho:
+ | -

«Real» Madrid bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa matbuot anjumanida klub prezidenti Florentino Peresning shov-shuvli bayonotlariga o‘z munosabatini bildirdi. Peres avvalroq «Real»dan yettita chempionlik unvoni «o‘g‘irlangani» va mashhur «Negreyra ishi» haqida gapirgan edi.

— Peresning matbuot anjumani haqida nima deb o‘ylaysiz?

— Men bu yerga prezidentning matbuot anjumanini sharhlash uchun kelganim yo‘q. Biroq har qanday madridist «Real» manfaatlarini himoya qilishimiz kerakligiga qo‘shiladi. Bizga boshqa klublarga qaraganda o‘zgacha (adolatsiz) munosabatda bo‘lishadi.

— Prezident o‘g‘irlangan chempionliklar haqida gapirdi. Siz bunga qo‘shilasizmi?

— Albatta. So‘nggi 20 yil davomida nimalar sodir bo‘lganini hamma biladi — har holda bizga ma’lum bo‘lgan qismini. «Negreyra ishi» oxirigacha yetkazilsa, yaxshi bo‘lardi. Bularning barchasi noqonuniy ekanligi kunday ravshan, dedi Arbeloa.

Eslatib o‘tamiz, Alvaro Arbeloa 2026 yilning yanvar oyida Xabi Alonso o‘rnini egallab, «Real» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Madridliklar ertaga, 14 may kuni La Liga doirasida «Real Ovyedo»ga qarshi maydonga tushadilar.

Kiritildi: 15:22, 13.05.2026.
O'qildi: 214 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик