Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kristensen jarohatidan sog‘aydi

Kristensen jarohatidan sog‘aydi

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi Andreas Kristensen jarohatidan forig‘ bo‘ldi. Daniyalik futbolchi dekabr oyi oxirida chap tizzasidagi oldingi xochsimon boylamlarining qisman yirtilishi jarohatini olgan edi. O‘shanda uning 3-4 oyga safdan chiqishi xabar qilingandi.

Bugun Kataloniya klubi 30 yoshli futbolchining safga qaytganini ma’lum qildi. Kristensen «Alaves»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritildi.

«Barsa» bugun La Liganing 36-turi doirasida o‘z maydonida «Alaves»ni qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 00:30da boshlanadi.

Kiritildi: 15:44, 13.05.2026.
O'qildi: 665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик