Kirish Ro'yxatdan o'tish

«MYU» Valverde va Tchuameni o‘rtasidagi janjaldan foydalanib qolmoqchi

«MYU» Valverde va Tchuameni o‘rtasidagi janjaldan foydalanib qolmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, urugvaylik futbolchining transferiga «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» Madrid klubi ichidagi notinch vaziyat — Valverde va uning jamoadoshi Orelyen Tchuameni o‘rtasida kelib chiqqan janjal fonida ushbu transferni amalga oshirishga harakat qilib ko‘rmoqchi.

Hozircha «qaymoqranglilar» rahbariyati yarim himoyachining kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Federiko Valverde 2016 yilda «Penyarol» klubidan 5 million yevro evaziga «Real»ga o‘tgan edi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda urugvaylik futbolchi «Real» safida barcha turnirlarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol va 13 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 22:10, 13.05.2026.
O'qildi: 1566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик