Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Vinisius Junior irqchilikka qarshi kurashuvchi tashkilot tuzganini e’lon qildi

Vinisius Junior irqchilikka qarshi kurashuvchi tashkilot tuzganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior irqchilikka qarshi kurashuvchi maxsus tashkilot tuzilganini ma’lum qildi. Futbolchi bu haqda o‘z ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida xabar qoldirgan.

Mazkur tashabbus kamsitish holatlariga barham berish va tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan. Vinisius tashkilotning ochilishini o‘z vatani Braziliyada qullik bekor qilingan navbatdagi sanaga bag‘ishlagan.

«Ushbu tarixiy sanadan ilhomlanib, «Irqchilikka qarshi ofis» tashkil etilganini mamnuniyat bilan e’lon qilaman. Bu tenglik uchun kurashda yolg‘iz emasligini tushunib yetgan yangi avlod nomidan qilingan qadamdir», — deb yozadi futbolchi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum davomida Vinisius bir necha bor irqchilik hujumlariga nishon bo‘ldi. Xususan, fevral oyida Chempionlar Ligasi doirasida «Benfika»ga qarshi kechgan bahsda yuz bergan haqoratlar keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Kiritildi: 11:59, 14.05.2026.
O'qildi: 421 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик