Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jerrard: «Trentning «Liverpul»dan ketganini qabul qilish qiyin, u bir kun qaytishiga umid qilaman»

Jerrard: «Trentning «Liverpul»dan ketganini qabul qilish qiyin, u bir kun qaytishiga umid qilaman»

Baho:
+ | -

«Liverpul» afsonasi va sobiq sardori Stiven Jerrard himoyachi Trent Aleksander-Arnoldning o‘tgan yozda Madridning «Real» klubiga o‘tgani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men Trentning safimizni tark etmasligini juda xohlagan va bunga umid qilgan edim. Albatta, har bir futbolchining shaxsiy faoliyati va o‘z qarorlari borligini tushunamiz va hurmat qilamiz. Biroq Aleksander-Arnold kabi dunyo darajasidagi futbolchining o‘rnini bosish juda mushkul vazifa. Umid qilamizki, u qachondir yana «Liverpul»ga qaytadi», — deya Jerrardning so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.

Eslatib o‘tamiz, Trent Aleksandr-Arnold «Liverpul» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. «Qirollik klubi» ingliz futbolchisining transferi uchun 10 million yevro to‘lagan edi. Joriy mavsumda himoyachi Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurdi.

Kiritildi: 12:49, 14.05.2026.
O'qildi: 616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик