Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Robert Levandovski «Barselona»ni tark etish arafasida — Matteo Moretto

Robert Levandovski «Barselona»ni tark etish arafasida — Matteo Moretto

Baho:
+ | -

Matbuotda «Barselona» hujumchisi Robert Levandovskining kelajagi borasidagi muhokamalar tinmayapti. Taniqli insayder Matteo Morettoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, polshalik to‘purar kataloniyaliklar safidan ketishga juda yaqin turibdi.

Levandovskining «ko‘k-anorranglilar» bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyi yakunida nihoyasiga yetadi. Avvalroq 37 yoshli hujumchi Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, nufuzli Transfermarkt portali tajribali hujumchini ayni damda 7 million yevroga baholamoqda.

Yakunlanayotgan 2025/2026 yilgi mavsumda Robert Levandovski «Barselona» libosida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 18:09, 14.05.2026.
O'qildi: 254 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик