Jizzax shahridagi viloyat futbol akademiyasi sport zalida ikki kun mobaynida O‘zbekiston kubogi-2026 musobaqasining chorak final uchrashuvlari o‘tkazildi va yarim finalda kuch sinashuvchi juftliklar nomi aniqlandi.
Bahslarning ikkinchi kuni chorak final bahslarini SQB hamda “”Oil Star” jamoalari boshlab berishdi. To‘rning chap qismidan finalga chiqishga asosiy da’vogar sanalgan mazkur jamoalar qarama qarshiligi poytaxt bankchilarining ustunligi ostida o‘tdi va ular yirik hisobda g‘alaba qozonishdi.
Ikkinchi chorak finalda esa “Lokomotiv” hamda “Nasaf” jamoalari kuch sinashdi. Mazkur raqobatda yarim final bahslarini qabul qiluvchi Qarshi shahri jamoasi ortiqcha qiyinchiliksiz zafar quchdi.
Shunday qilib, 18-19 may sanalarida Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida o‘tuvchi yarim final bahslarida muxlislar “Maksam-CHirchiq” – SQB, “BMB PFC” – “Nasaf” qarama qarshiligini kuzatishadi.













