«Chelsi» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Kalum Makfarleyn jamoaning asosiy darvozaboni Robert Sanches «Manchester Siti»ga qarshi Angliya Kubogi finalida maydonga tusha olishi haqida fikr bildirdi.
«Sanchesning holati? Juda ijobiy. U bu hafta yaxshi mashg‘ulot o‘tkazdi va biz uning shanba kuni safga qaytishiga umid qilmoqdamiz», — dedi Makfarleyn «Chelsi» rasmiy saytiga.
Eslatib o‘tamiz, APL 35-turidan o‘rin olgan «Chelsi» — «Nottingem Forest» uchrashuvi davomida «o‘rmonchilar» yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt bilan Robert Sanches o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan edi.
Ushbu vaziyatdan keyin ispaniyalik darvozabon almashtirilgan va jarohati sabab «Liverpul»ga qarshi bahsda (1:1) ishtirok eta olmagan.













