Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pulishich: «Dortmunddagi birinchi yil hayotimdagi eng qiyini bo‘lgan»

Pulishich: «Dortmunddagi birinchi yil hayotimdagi eng qiyini bo‘lgan»

Baho:
+ | -

Amerikalik yarim himoyachi Kristian Pulishich Germaniya chempionatidagi faoliyatini, xususan, Dortmundning «Borussiya» jamoasi sharafini himoya qilgan davrlarini yodga oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha davr faoliyatidagi eng murakkabi bo‘lib chiqqan.

«Men Dortmundda professional futbolchiga aylandim va boshida bu men uchun juda og‘ir kechgan. U yerdagi birinchi yil butun faoliyatim davomidagi eng qiyini bo‘ldi. Hatto jamoadoshlarim ataylab mening ishlarim yurishib ketishini xohlashmayapti, deb o‘ylaganman», — deya Pulishichning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it nashri.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Kristian Pulishich Italiya Seriya A chempionatida «Milan» sharafini himoya qilmoqda.

Kiritildi: 10:50, 15.05.2026.
O'qildi: 538 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик