Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Aston Villa»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Arne Slot muxlislarga murojaat qildi

«Aston Villa»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Arne Slot muxlislarga murojaat qildi

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot mavsumning so‘nggi uchrashuvida muxlislarning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilmoqda. Juma kuni «qizillar» mavsumdagi oxirgi safar o‘yinida «Aston Villa»dan mag‘lubiyatga uchrashdi (2:4). Premyer-liganing yakuniy turida mersisaydliklar o‘z maydonlarida «Brentford»ga qarshi bahs olib borishadi.

«Muvaffaqiyatsiz natijalar tufayli hozir ustimizda katta bosim bor, garchi butun mavsum davomida shunday bo‘lgandek tuyilsa-da. Ayni damda qo‘limizdan keladigan yagona ish – bo‘lajak o‘yinga iloji boricha yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishdir. Oldinda bizni uzoq hafta kutmoqda. Muxlislar bizni qo‘llab-quvvatlaydi deb umid qilaman. Biz «Enfild»da fanatlarning daldasi biz uchun qanchalik muhimligini, bu jipslik jamoaga qanday yordam berishini ko‘p bor ko‘rganmiz. Biroq biz ham dastlabki daqiqalardan boshlab ushbu qo‘llab-quvvatlashga loyiq ekanligimizni ko‘rsatishimiz kerak», – dedi Slot matbuot anjumanida.

«Liverpul» o‘zaro o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng turnir jadvalidagi to‘rtinchi o‘rinni «Aston Villa»ga boy berib qo‘ydi.

Kiritildi: 11:09, 16.05.2026.
O'qildi: 599 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик