Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Siti» «PSJ» yulduzi uchun 115 million yevro tayyorlab qo‘ydi

«Manchester Siti» «PSJ» yulduzi uchun 115 million yevro tayyorlab qo‘ydi

Baho:
+ | -

«PSJ» markaziy yarim himoyachisi Joau Nevesh «Manchester Siti»ning transfer nishoniga aylandi. Bu haqda ElNacional nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, Angliya grandi 21 yoshli portugaliyalik futbolchini yozgi transfer oynasida sotib olishni rejalashtirmoqda. «Shaharliklar» Neveshning transferi uchun 115 million yevro ajratishga tayyor.

Joriy mavsumda Nevesh barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 7 marta ishg‘ol qildi va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Yarim himoyachining «PSJ» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer bahosi 110 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 11:45, 16.05.2026.
O'qildi: 1580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик