Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabrisio Romano: «Chelsi» yaqin soatlar ichida Xabi Alonso tayinlanganini rasman e’lon qiladi

Fabrisio Romano: «Chelsi» yaqin soatlar ichida Xabi Alonso tayinlanganini rasman e’lon qiladi

Baho:
+1 | -

Xabi Alonso «Chelsi»ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi. Shanba kuni ma’lum bo‘lishicha, mutaxassis London klubi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

Sky Sports bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «ko‘klar» ispaniyalik mutaxassisning tayinlanganini bugun — yakshanba kuni rasman tasdiqlaydi. Mashhur insayder Fabrisio Romano ham kelishuv imzolangani haqidagi rasmiy bayonot yaqin soatlar ichida e’lon qilinishi rejalashtirilganini xabar qildi.

44 yoshli mutaxassis «Chelsi»dagi faoliyatini iyul oyi boshidan boshlaydi. Joriy mavsum yakuniga qadar londonliklarni aprel oyida iste’foga chiqarilgan Liam Rosenyorning o‘rnini vaqtinchalik egallagan Kalum Makfarlen boshqarib turadi.

Kiritildi: 10:30, 17.05.2026.
O'qildi: 595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик