«Chelsi» klubi yangi bosh murabbiy Xabi Alonso qo‘l ostida tarkibni kuchaytirishni hozirdanoq rejalashtirmoqda. Ispaniyalik mutaxassisning tayinlangani haqida yaqin vaqt ichida rasman e’lon qilinadi.
Jurnalist Ben Jeykobsning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, London grandi rahbariyati tarkibga ikki-uch nafar «tayyor» va tajribali futbolchilarni jalb etishni maqsad qilgan. Klubning ustuvor maqsadlaridan biri sifatida hali ham «Aston Villa» hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rodjers ko‘rilmoqda, shuningdek, «ko‘klar» chap qanot hujumi uchun kreativ futbolchi bilan kuchayib olmoqchi. Markaziy hujumchi sotib olish ehtimoli ham ancha yuqori, biroq bu transfer jamoani tark etadigan futbolchilarning sotilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Alonso «Chelsi»ning transfer ishlarida faol ishtirok etadi.













