Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Marsel» Grinvudga narx belgiladi

«Marsel» Grinvudga narx belgiladi

Baho:
+ | -

Hujumchi Meyson Grinvud shu yozda «Marsel»ni tark etishi mumkin. L’Equipe nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «provansaliklar» yozda forvardning transferi bo‘yicha 70 dan 80 million yevrogacha bo‘lgan takliflarni kutishmoqda. Hozirda futbolchida Angliya Premyer-ligasida faoliyatini davom ettirish uchun hech qanday aniq variant yo‘q, shu bilan birga, uning o‘zi ham Saudiya Arabistoniga o‘tishni xohlamayapti.

Meyson Grinvud 2024 yilda «Manchester Yunayted»dan «Marsel»ga 26 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi Fransiya klubi safinda barcha turnirlarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 26 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:13, 17.05.2026.
O'qildi: 815 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик