Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» A Seriyada darvozaga yo‘llangan birinchi aniq zarbalardan gol o‘tkazib yuborish bo‘yicha eng yomon natijani qayd etmoqda

«Yuventus» A Seriyada darvozaga yo‘llangan birinchi aniq zarbalardan gol o‘tkazib yuborish bo‘yicha eng yomon natijani qayd etmoqda

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining joriy mavsumida «Yuventus» klubi ishtirokidagi uchrashuvlarning deyarli yarmida raqiblar darvozaga yo‘llagan ilk aniq zarbasi bilanoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishmoqda.

Xususan, chempionatning 37-turidan o‘rin olgan bahsda «Fiorentina» jamoasining Turin klubi darvozasi tomon yo‘llagan birinchi aniq zarbasi gol bilan yakunlandi. Uchrashuvning 34-daqiqasida Cher Ndur «byankonerilar» darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, «Yuventus» joriy mavsumda o‘z darvozasiga yo‘llangan dastlabki 35 ta aniq zarbaning 16 tasida gol o‘tkazib yuborgan. Bu 46 foizlik ko‘rsatkich demakdir va ushbu natija bilan turinliklar A Seriyada peshqadam bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, A Seriyaning joriy mavsumida «Yuventus» darvozasini ikki nafar posbon qo‘riqladi. Mikele Di Gregorio 30 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa, Mattia Perin 8 ta uchrashuvda jamoa darvozasini qo‘riqlagan.

Kiritildi: 18:19, 17.05.2026.
O'qildi: 488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик