Kirish Ro'yxatdan o'tish

"PSJ" Barkolyani sotishi mumkin

"PSJ" Barkolyani sotishi mumkin

Baho:
+ | -

«PSJ» qanot hujumchisi Bredli Barkola yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Jurnalist Aleksis Bernarning bergan ma’lumotiga ko‘ra, agar jozibali taklif tushsa, parijliklar 23 yoshli fransiyalik futbolchini sotishga tayyor.

Xabar qilinishicha, Barkolani sotib olishni maqsad qilgan «Liverpul» ushbu transfer uchun katta mablag‘ ajratishga tayyor. Futbolchining o‘zi ham boshqa jamoaga o‘tishga qarshi emas.

Joriy mavsumda Barkolya barcha turnirlarni inobatga olgan holda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 12 bor ishg‘ol qildi va 7 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Transfermarkt portali berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Barkolyaning transfer bozoridagi narxi 70 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 20:23, 17.05.2026.
O'qildi: 1067 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик