Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Ayaks" YECHLga chiqa olmadi

"Ayaks" YECHLga chiqa olmadi

Baho:
+ | -

«Ayaks» kelasi mavsumda ham Chempionlar ligasida ishtirok etmaydi.

Amsterdamliklar UYEFAning eng nufuzli klublar turniriga yo‘llanma olish imkoniyatini saqlab qolishlari uchun Erediviziyaning so‘nggi turida «Xerenven»ni mag‘lub etishlari shart edi, biroq ular durang o‘ynashdi — 0:0.

Niderlandiyaning eng sovrindor klubi oxirgi uch mavsum ichida ikkinchi bor chempionatni beshinchi o‘rinda yakunladi va YECHL yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi. Ushbu omadsiz davrgacha «Ayaks» oxirgi marta 2000 yilda kuchli to‘rtlikdan tashqarida qolgan edi.

Endi amsterdamliklar Konferensiyalar ligasi yo‘llanmasi uchun pley-off bosqichida kurash olib borishadi. Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya nomidan Chempionlar ligasida PSV va «Feyenoord» (to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy bosqichda), shuningdek, NEK (saralash bosqichida) ishtirok etadi.

Kiritildi: 20:29, 17.05.2026.
O'qildi: 776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик