Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gavi: «Undan bir umr minnatdor bo‘lamiz»

Gavi: «Undan bir umr minnatdor bo‘lamiz»

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Gavi hujumchi Robert Levandovskining klubdan ketishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Polshalik futbolchi mavsumning o‘z maydonidagi so‘nggi — «Betis»ga qarshi kechgan va 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinida «ko‘k-anorranglilar» muxlislari bilan xayrlashdi.

«Biz Levandovskini juda sog‘inamiz. U tarixdagi eng yaxshi forvardlardan biri. Men Robertni sog‘inaman va unga kelajakdagi faoliyatida faqat eng yaxshi tilaklarni tilab qolaman. 37 yoshda bunday darajada to‘p surish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Levandovski faoliyatining yakuni arafasida bizga kelib qo‘shildi, biroq jamoaga ko‘plab gollar va sovrinlar taqdim etdi. Biz undan bir umr minnatdor bo‘lamiz», — dedi Gavi o‘z intervyusida.

Yulduz faxriy mavsum tugaganidan keyin Kataloniya klubini erkin agent sifatida tark etadi.

Kiritildi: 09:30, 18.05.2026.
O'qildi: 672 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик