Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mark Bernal «Barselona»ning tarixiy rekordi haqida gapirdi

Mark Bernal «Barselona»ning tarixiy rekordi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernal o‘z maydonidagi so‘nggi uchrashuvdan so‘ng mavsum yakunlarini sarhisob qildi. Xans-Diter Flik shogirdlari o‘z uylarida «Betis»ni mag‘lub etishdi (3:1). Shu tariqa, kataloniyaliklar noyob natijani qayd etishdi — ular La Liganing joriy mavsumida o‘z maydonlarida o‘tkazilgan barcha 19 ta uchrashuvning barida g‘alaba qozonishdi.

«Biz o‘z oldimizga uydagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishni maqsad qilib qo‘ygandik va buni uddalaganimizdan xursandman. Chempionatdagi ishtirokimiz haqida gapiradigan bo‘lsak, bu mavsum deyarli ideal o‘tdi. Albatta, biz mamnunmiz. Jamoamiz «Kamp Nou»da o‘zini juda ishonchli his qilmoqda», — dedi Bernal jurnalistlar bilan suhbatda.

«Barselona» chempionatning 37 turidan so‘ng 94 ochko jamg‘ardi. Mavsumning so‘nggi o‘yinida «ko‘k-anorranglilar» safarda «Valensiya» bilan to‘qna kelishadi.

Kiritildi: 10:29, 18.05.2026.
O'qildi: 553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик