Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» tarixidagi eng yaxshi xorijlik to‘purarlar: Levandovski kuchli yettilikka kirdi

«Barselona» tarixidagi eng yaxshi xorijlik to‘purarlar: Levandovski kuchli yettilikka kirdi

Baho:
+ | -

Robert Levandovski «Barselona»da to‘rt yil davomida to‘p surgan bo‘lsa-da, klubning eng yaxshi to‘purarlari reytingidan joy olishga ulgurdi. Polyak millatiga mansub hujumchi «ko‘k-anorranglilar» safida barcha turnirlarda umumiy hisobda 192 ta o‘yinda maydonga tushib, 119 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi — bu klub tarixidagi 11-natija, legionerlar o‘rtasida esa 7-ko‘rsatkichdir, deb xabar bermoqda Opta.

«Barsa»da o‘ynagan barcha xorijlik futbolchilar ichida faqat Patrik Klyuyvert (121), Rivaldo (130), Samyuel Eto'O (130), Ladislav Kubala (194), Luis Suares (198) va Lionel Messi (672) polyak hujumchisidan ko‘proq gol urishgan.

Levandovski Kataloniya grandi safini 2022 yilning yozida Myunxenning «Bavariya» klubidan ko‘chib o‘tib to‘ldirgan edi. Yakshanba kuni forvardning «Barselona» tarkibida o‘z maydonidagi xayrlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi: u «Betis»ga qarshi bahsda (3:1) asosiy tarkibda maydonga tushdi, biroq raqib darvozasini ishg‘ol eta olmadi. Mavsum yakunida 37 yoshli futbolchi erkin agentga aylanadi.

Kiritildi: 12:10, 18.05.2026.
O'qildi: 985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик