Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

«PSJ»ning 40 millionlik darvozaboniga 6 ta da’vogar bor

«PSJ»ning 40 millionlik darvozaboniga 6 ta da’vogar bor

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» darvozaboni Lyuka Shevalye yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. Fransiyalik posbon uchun «PSJ»dagi debyut mavsumi o‘ta muvaffaqiyatsiz kechdi: u Matvey Safonov bilan raqobatda imkoniyatni boy berib qo‘ydi, mavsum yakunida esa jarohat olib safdan chiqdi va Fransiya terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasidan tashqarida qoldi.

Jurnalist Ekrem Konurning Turkiya OAVlariga tayanib xabar berishicha, «Fenerbaxche» klubi Shevalyeni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Istanbul klubida 24 yoshli darvozabon kelajagi mavhum bo‘lib turgan Edersonning o‘rnini egallashi mumkin.

O‘tgan yilning avgust oyida Parij grandi Shevalyeni «Lill»dan 40 million yevro evaziga sotib olgan edi. Lyuka Luis Enrike jamoasida umumiy hisobda 26 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z darvozasidan 28 ta to‘p o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 12:20, 18.05.2026.
O'qildi: 1336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик