Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Enrike: «Bu «PSJ»dagi uch yillik faoliyatimdagi eng yomon o‘yin bo‘ldi»

Luis Enrike: «Bu «PSJ»dagi uch yillik faoliyatimdagi eng yomon o‘yin bo‘ldi»

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionatining 34-turida «Parij» klubidan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv 1:2 hisobida yakunlandi.

«Bugungi o‘yindan hech qanday ijobiy jihatni topa olmadim. Shubhasiz, bu men bu yerda o‘tkazgan uch yil ichidagi eng yomon o‘yin bo‘ldi, qoniqqanim yo‘q. Usman Dembele kichik muammoga duch keldi (jarohat oldi), umid qilamanki, bu jiddiy emas», — deya Enrikening so‘zlarini keltirmoqda L1+.

«PSJ» 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Fransiya chempioniga aylandi. Parijliklar 34 ta uchrashuvda 76 ochko jamg‘arishdi. Eng yaqin ta’qibchi bilan oradagi farq 6 ochkoni tashkil etdi.

30 may kuni «PSJ» Chempionlar ligasi finalida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv starti Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da rejalashtirilgan.

Kiritildi: 12:44, 18.05.2026.
O'qildi: 730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик