Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ» Dembelening majburiy almashtirilishi bo‘yicha bayonot berdi

«PSJ» Dembelening majburiy almashtirilishi bo‘yicha bayonot berdi

Baho:
+ | -

«PSJ» Liga 1 mavsumini «Parij»ga qarshi kechgan derbidagi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunladi. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq Luis Enrike hujumchi Usmon Dembeleni zaxiraga oldi. Parij klubi muxlislari xavotirga tusha boshlashdi, chunki Chempionlar ligasi finaliga oz vaqt qoldi.

Dushanba kuni «PSJ» saytida Dembelening holati haqida ma’lumot e’lon qilindi. Liga 1 grandi futbolchining o‘ng oyoq boldir mushagida noqulaylik sezilgani sababli, ehtiyot chorasi sifatida almashtirilganini ma’lum qildi.

Yaqin kunlarda Dembele shifokorlar nazoratida bo‘ladi va muolajalarni davom ettiradi. Parijliklarning bayonotiga tayanadigan bo‘lsak, Dembelening 30 may kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalidagi ishtirokiga hech narsa xavf solmayapti.

Kiritildi: 20:12, 18.05.2026.
O'qildi: 451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик