Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar uchligiga kirdi!

Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar uchligiga kirdi!

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» klubi o‘z tarkibida «Mavsumning eng yaxshi futbolchisi» sovrini uchun da’vogarlik qilayotgan yakuniy uch nafar finalchi nomini e’lon qildi. Ushbu uchlikdan quyidagi futbolchilar joy oldi: Jeremi Doku, Abduqodir Husanov va Niko O’Rayli.

Husanov haqida gapiradigan bo‘lsak, 22 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi joriy mavsumda jamoa safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi va sermahsul harakatlar (gol yoki pas) amalga oshirmadi. Shunga qaramay, «Manchester Siti» muxlislari Abduqodirni himoyadagi ishonchli va mazmunli o‘yinlari uchun muntazam ravishda olqishlab kelishdi.

Dam olish kunlari «Manchester Siti» «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tgan finalda «Chelsi»ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, Angliya Kubogi sohibiga aylandi. Endilikda «shaharliklar» Premyer-liga doirasida «Bornmut» (19 may) va «Aston Villa» (24 may) klublariga qarshi kechadigan muhim bahslarga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Ayni damda «Manchester Siti» APL turnir jadvalida peshqadam «Arsenal»dan ikki ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 22:11, 18.05.2026.
O'qildi: 560 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик