Dushanba kuni «Arsenal» klubi Angliya chempionati doirasida o‘z maydonida «Byornli»ga qarshi bahs olib boradi. Londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta uchrashuvni birinchi daqiqalardan boshlaydigan quyidagi futbolchilar nomini e’lon qildi:
Rayya, Moskera, Saliba, Gabriel, Kalafyori, Rays, Eze, Edegor, Saka, Trossar, Xavers.
«Arsenal» va «Byornli» o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.













