Turkiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vinchenso Montella 35 futbolchidan iborat kengaytirilgan qaydnomani e’lon qildi. Unda jamoaning asosiy yetakchilari Arda Gyuler va Kenan Yildiz ham o‘rin olgan bo‘lib, ular jahon chempionatida asosiy figuralar sifatida ko‘riladi.
Turkiya terma jamoasi tarkibi
Darvozabonlar: Altay Bayindir («Manchester Yunayted»), Ersin Destano‘glu («Beshiktash»), Mert Gyunok («Fenerbaxche»), Muxammed Shengezer («Istanbul Bashakshehir»), Ugurjan Chaqir («Galatasaroy»).
Himoyachilar: Abdulkerim Bardakji («Galatasaroy»), Axmetjan Kaplan («NEK Neymegen»), Chag‘lar Syondjyu («Fenerbaxche»), Eren Elmali («Galatasaroy»), Ferdi Kadyog‘lu («Brayton»), Merix Demiral («Al-Ahli»), Mert Myuldyur («Fenerbaxche»), Mustafa Eskihellach («Trabzonspor»), Ozan Kabak («Xoffenxaym»), Samet Akaydin («Rizespor»), Yusuf Akchichek («Al-Hilol»), Zeki Chelik («Roma»).
Yarim himoyachilar: Atakan Karazor («Shtutgart»), Demir Ege Tiknaz («Braga»), Xakan Chalxano‘g‘lu («Inter»), Ismoil Yuksek («Fenerbaxche»), Kaan Ayxan («Galatasaroy»), Orkun Kyokchu («Beshiktosh»), Salix O‘zjan («Borussiya Dortmund»).
Hujumchilar: Aral Shimshir («Midtyullann»), Arda Gyuler («Real Madrid»), Barish Yilmaz («Galatasaroy»), Jan Uzun («Ayntraxt» Frankfurt), Deniz Gyul («Portu»), Irfan Jan Kahvechi («Qosimpasha»), Kenan Yildiz («Yuventus»), Kerem Aktyurko‘glu («Fenerbaxche»), Oguz Aydin («Fenerbaxche»), Yunus Akgyun («Galatasaroy»), Yusuf Sari («Istanbul Bashakshehir»).
Turkiya milliy terma jamoasi 2002 yildan beri ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi. Guruh bosqichida jamoa Avstraliya, Paragvay va AQSH terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi.
Turkiya o‘z ishtirokini 13 iyun kuni Avstraliyaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Keyin 19 iyun kuni Paragvayga qarshi o‘ynaydi va guruh bosqichini 25 iyun kuni AQSHga qarshi bahs bilan yakunlaydi.













