Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Super Chess Classic. Sindorov oyog‘i jarohatlangan Firuzjaga qarshi o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Super Chess Classic. Sindorov oyog‘i jarohatlangan Firuzjaga qarshi o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida shaxmat bo‘yicha Grand Chess Tour 2026 turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning ikkinchi bosqichi — Super Chess Classic musobaqasida 5-tur uchrashuvlari yakunlandi.

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov dunyoning eng iste’dodli shaxmatchilaridan biri, fransiyalik Alirizo Firuzjaga qarshi bahs olib bordi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi debyutdan kichik ustunlikni qo‘lga kiritib, buni asta-sekin oshirib bordi. Ayniqsa, vaqt qo‘shib beriladigan 40-yurishga yaqinlashgan sari Firuzja seytnotga tushib, ba’zi xatolarga yo‘l qo‘ydi. Buning oqibatida Sindarov yutuqli vaziyatni qo‘lga kiritdi. Ammo Javohir 7 daqiqaga o‘ylab, Rux S1 yurishini amalga oshirdi. Bu esa foydasiz yurish bo‘lib chiqdi va vaziyat tenglashib qoldi. Alirizo esa bundan foydalanib, durangni vaziyatni mustahkamlab ushlab oldi. 58-yurishga kelib tomonlar vaziyatni 3 martadan takrorlashdi va durangga imzo chekishdi.

Ma’lumot o‘rnida. Firuzja 5-tur oldidan oyog‘ini jarohatlab olgani sababli, ushbu partiya boshqa ishtirokchilardan alohida xonada to‘shakda yotgan holda o‘tkazildi.

4-turdan so‘ng Javohir 2 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi. 6-turda Sindorov amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi qora donalarda o‘yin o‘tkazadi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi 1-turda ruminiyalik Bogdan Daniyel bilan durang qayd etgan bo‘lsa, 2-turda hindistonlik Rameshbabu Pragnanandhaga imkoniyatni boy bergan. 3-turda fransiyalik Maksim VashYE-Lagrav, 4-turda esa niderlandiyalik Anish Giri bilan durang o‘ynadi.

Mazkur nufuzli musobaqada jahonning eng kuchli 10 nafar grossmeysteri g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda. Unda Javohir Sindorovdan tashqari Fabiano Karuana, Anish Giri, Vinsent Keymer, Alireza Firuzja, Uesli So, Rameshbabu Pragnandha, Bogdan Daniyel, Maksim VashYE-Lagrav va Jordan van Forest ishtirok etmoqda.

23 mayga qadar davom etadigan turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 475 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:42, 18.05.2026.
O'qildi: 249 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик