Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Miroslav Kloze "Lasio" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Miroslav Kloze "Lasio" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Baho:
+ | -

"Lasio" sobiq hujumchisi Miroslav Kloze, agar Maurisio Sarri yaqin kelajakda jamoadan ketishga qaror qilsa, bosh murabbiy sifatida klubga qaytishi mumkin.

O‘tgan yozda klubga ikki yillik shartnoma asosida qaytgan Sarri, avvalroq joriy mavsum natijalaridan unchalik mamnun emasligini sha’ma qilgandi. Bu esa uning klubdagi kelajagini yana so‘roq ostida qoldirmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Kloze Sarrining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatoriga kiradi. Germaniyalik sobiq futbolchichi o‘zining futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi besh yilni Rim klubida o‘tkazgan. Murabbiy sifatida u Germaniya terma jamoasi, "Bavariya", "Rayndorf Altax" klublarida ishlagan, hozirda esa "Nyurnberg"ni boshqarmoqda.

Miroslavning foydasiga ishlaydigan asosiy jihat — "Lasio" prezidenti Klaudio Lotito sobiq futbolchini juda yaxshi bilishi va qadrlashidir. Lotito yaqin orada Sarri bilan uchrashib, murabbiyning kelajagini muhokama qilishi kutilmoqda, biroq hozircha vaziyat mavhumligicha qolmoqda.

Kiritildi: 09:30, 19.05.2026.
O'qildi: 190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик