Milanning «Inter» klubi qanot himoyachisi Denzel Dyumfrisda Angliya Premyer-ligasi top-klubiga ishga joylashish varianti paydo bo‘ldi. Bu haqda insayder Nikolo Skira o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali xabar bermoqda.
Manbaga ma’lum bo‘lishicha, «Liverpul» rahbariyati niderlandiyalik lateralni yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Denzelning mehnat shartnomasida 25 million yevro miqdorida tovon puli belgilab qo‘yilgan.
Dyumfris 2021 yilning yozidan buyon Italiya klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda niderlandiyalik futbolchi «neradzurrilar» safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatma bilan yodda qoldi.













