Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

APLning ikki top-klubi Adeyemini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

APLning ikki top-klubi Adeyemini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi qanot hujumchisi Karim Adeyemi «Manchester Yunayted» va «Chelsi» klublarining qiziqishlar doirasiga kirdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Angliyaning har ikki grand klubi 24 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Germaniyalik futbolchining «Borussiya» bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralari hozircha oldinga siljigan yo‘q, uning amaldagi kelishuvi esa 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.

«Asalarilar» Adeyemini tekinga boy berishni istashmayapti, shu sababli uni taxminan 69 million yevro evaziga sotishga tayyorlar. Joriy mavsumda Adeyemi barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:19, 19.05.2026.
O'qildi: 311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик