Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Yuventus»ning Bernardu Silva transferi bo‘yicha rejasi YECHL yo‘llanmasiga bog‘liq bo‘lib turibdi

«Yuventus»ning Bernardu Silva transferi bo‘yicha rejasi YECHL yo‘llanmasiga bog‘liq bo‘lib turibdi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silvani yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Biroq ushbu transferning amalga oshishi jamoaning Yevrokuboklardagi mavqeiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Bu haqda «Calciomercato» nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, agar «Yuventus» mavsum yakuniga ko‘ra Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, moliyaviy jihatdan portugaliyalik yulduzning maosh bo‘yicha talablarini qondira olmaydi va transfer bozoridagi boshqa raqobatchilarga yutqazib qo‘yadi. YECHLdan tushadigan daromad klub uchun ushbu bitimni moliyalashtirishda bosh omil bo‘lishi kutilmoqda.

Ayni damda «Yuventus» A Seriya turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Biroq turinliklar zaxirasida yana bir o‘yin mavjud bo‘lib, ular kuchli to‘rtlikka kirish va YECHL yo‘llanmasini naqd qilish uchun kurashni davom ettirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bernardu Silvaning «Manchester Siti» bilan shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi.

Kiritildi: 16:41, 19.05.2026.
O'qildi: 241 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик