Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Anchelotti Neymar bilan uchrashib, uning terma jamoadagi yangi rolini tushuntirdi

Anchelotti Neymar bilan uchrashib, uning terma jamoadagi yangi rolini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Bo‘lajak Shimoliy Amerikadagi Jahon chempionatida Neymar Braziliya terma jamoasi sardori bo‘lmaydi, shuningdek, unga zaxira o‘yinchisi roli ajratilgan. Bu haqda Globo nashri yozmoqda.

Manbaning tushuntirishicha, avvalroq Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchi bilan uchrashgan va mutaxassis uchrashuv davomida Neymarga uning turnirdagi roli qanday bo‘lishini ochiq-oydin tushuntirib bergan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda 34 yoshli Neymar o‘zining qadrdon klubi — «Santos» sharafini himoya qilmoqda. Joriy mavsum doirasida u allaqachon 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Braziliya terma jamoasi mundialning guruh bosqichida Marokash, Shotlandiya va Gaiti jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 22:49, 19.05.2026.
O'qildi: 392 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик