Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Inter» yozgi transferlar uchun short-list tuzdi

«Inter» yozgi transferlar uchun short-list tuzdi

Baho:
+ | -

«Inter» klubi shu yozda himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Calciomercato nashrining Corriere dello Sport ga tayanib xabar berishicha, milanliklar o‘zlarining potensial transfer nishonlari ro‘yxatiga Ronald Arauxo («Barselona») va Luka Vushkovichni («Tottenxem», hozirda ijara asosida «Gamburg»da o‘ynamoqda) kiritishgan.

Ichki bozorda (Italiyada) esa Milan klubini eng ko‘p qiziqtirayotgan futbolchilar Tarik Muxaremovich («Sassuolo») va Umar Sole («Udineze») bo‘lib turibdi.

Kutilishicha, Italiya chempionlari tarkibini Franchesko Acherbi va Matteo Darmian erkin agent sifatida tark etadi. Shartnomasi yakuniga yetayotgan Acherbi Simone Indzagi boshqarayotgan «Al-Hilol» klubiga yo‘l olishi, Darmian esa sobiq jamoasi — «Torino»ga qaytishi mumkin.

Kiritildi: 23:35, 19.05.2026.
O'qildi: 352 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик