Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Sarriga A Seriyadan ikki jiddiy taklif bor

Sarriga A Seriyadan ikki jiddiy taklif bor

Baho:
+ | -

«Napoli» va «Atalanta» klublari bosh murabbiy Maurisio Sarrini o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurash olib bormoqda.

Jurnalist Alfredo Pedullaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, neapolitanliklar o‘zlarining sobiq murabbiyiga yillik maoshi 2,7 million yevro bo‘lgan ikki yillik shartnoma taklif qilishgan. Bundan tashqari, ushbu kelishuvda jamoaning A Seriya va Chempionlar Ligasidagi natijalariga qarab beriladigan bonuslar ham ko‘zda tutilgan. Ushbu variant 67 yoshli mutaxassis uchun ancha jozibali tuyulmoqda, biroq u hali yakuniy qarorga kelmagan va hozircha hech qanday rasmiy kelishuvga erishilmagan.

Shu bilan bir vaqtda, «Atalanta» klubi ham Sarrini taklif qilish ustida faol ish olib bormoqda. Bergamoliklar murabbiyga moliyaviy jihatdan ko‘proq maosh va’da qilishmoqda, shuningdek, ikki yillik shartnomaga uni yana uzaytirish bandini qo‘shish yoki bir yo‘la uch yillik kontrakt taqdim etishga tayyor. Bugun «Atalanta»ning bo‘lajak sport direktori Kristiano Djuntoli murabbiy bilan shaxsan suhbatlashgan va unga bo‘layotgan bosim juda «jiddiy» ekani aytilmoqda.

Ayni paytda Maurisio Sarri «Lasio» klubini boshqarmoqda. Joriy mavsumda Rim jamoasi Italiya Kubogi kumush medallariga ega chiqdi, mamlakat chempionatida esa 9-o‘rinda bormoqda va qolgan bahslarda bundan yuqoriroq ko‘tarila olmasligi aniq bo‘lgan.

Kiritildi: 02:09, 20.05.2026.
O'qildi: 180 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик